Humo va Uzcard to'lovlarini avtomatik tasdiqlash
Mijozingiz kartangizga Click, Payme yoki istalgan bank ilovasidan pul o'tkazadi. AvtoTasdiq uni bir necha soniyada taniydi va saytingizga «to'landi» deb xabar beradi.
Pul to'g'ridan-to'g'ri sizning kartangizga tushadi. Tranzaksiyadan foiz olinmaydi.
- Click
- Payme
- Uzum
- Paynet
- Apelsin
- Bank ilovalari
Qanday ishlaydi
- Saytingiz to'lov yaratadiBuyurtma summasi API ga yuboriladi. Bitta so'rov yoki tayyor PHP fayl.
- Mijoz noyob summani ko'radiMasalan 50 003 so'm va karta raqamingiz — tayyor to'lov sahifasida, nusxalash tugmalari bilan.
- Pul kartangizga tushadiBank Telegram yoki SMS orqali kirim xabarini yuboradi. AvtoTasdiq uni darhol o'qiydi.
- Buyurtma o'zi yopiladiSaytingizga imzolangan webhook boradi, sizga botda xabar keladi.
Merchant shartnomasisiz, oddiy kartaga
To'lov tizimlari bilan shartnoma, hujjatlar va haftalab kutish shart emas. Kartangiz va Telegram akkauntingiz bo'lsa — 10 daqiqada ishga tushadi.
- Pulingizga tegmaymiz
- Pul mijozdan to'g'ridan-to'g'ri kartangizga o'tadi. Biz faqat kirimni tasdiqlaymiz.
- Foiz yo'q
- Qancha sotsangiz ham — faqat oylik obuna.
- Soniyalarda
- Telegram orqali ulanganda tasdiq odatda 1–3 soniyada keladi.
- Bir nechta karta
- To'lovlar kartalar o'rtasida avtomatik taqsimlanadi.
- Kabinet va bot
- To'lovlar, statistika va sozlamalar — saytda ham, Telegram botda ham.
- Qo'lda tasdiqlash
- Mijoz summani adashtirsa, bir tugma bilan o'zingiz tasdiqlaysiz.
Kimlar uchun
- O'yin donat va top-up saytlari
- Onlayn do'konlar
- Kurslar, obunalar va yopiq kanallar
- Telegram botlar
- Xizmat va buyurtma qabul qiluvchi saytlar
Dasturchilar uchun
REST API, imzolangan webhook va kalitlaringiz ichiga yozilgan tayyor PHP kod. Node.js va Python misollari hujjatda.
// to'lov yaratish
$invoice = $at->createInvoice(50000, 'order-4821');
header('Location: ' . $invoice['pay_url']);
// webhook.php
$data = $at->readWebhook(); // imzo tekshiriladi
if ($data['event'] === 'invoice.paid') { /* buyurtmani yoping */ }
To'liq API hujjati
Narxlar
Barcha imkoniyatlar har bir tarifda bor. Farqi faqat muddatda. Yangi akkauntlarga 3 kun bepul.
- Cheksiz to'lovlar va kartalar
- Telegram va SMS orqali tasdiqlash
- API, webhook, tayyor kod
- Kabinet va Telegram bot
Ko'p beriladigan savollar
Qaysi kartalarga to'lov qabul qilsa bo'ladi?
Humo va Uzcard kartalariga. Kirim haqida Telegram yoki SMS xabarnoma keladigan bo'lsa, o'zbek banklarining Visa va Mastercard kartalari ham ishlaydi.
Mijoz qaysi ilovadan to'laydi?
Istalganidan: Click, Payme, Uzum, Paynet, Apelsin yoki bank ilovasi. Pul kartangizga tushsa bo'ldi — qaysi ilovadan kelgani farq qilmaydi.
Pul kimga tushadi?
To'g'ridan-to'g'ri sizning kartangizga. AvtoTasdiq pulingizga tegmaydi: u faqat bankdan kelgan kirim xabarini o'qib, qaysi buyurtma to'langanini aniqlaydi.
Qaysi mijoz to'laganini qanday biladi?
Har bir to'lovga noyob summa beriladi: masalan 50 000 so'm o'rniga 50 003 so'm. Kartaga aynan shu summa tushsa, aynan shu buyurtma yopiladi.
Mijoz boshqa summa o'tkazsa nima bo'ladi?
To'lov avtomatik tasdiqlanmaydi va sizga botda xabar keladi. Pul tushganini ko'rsangiz, kabinetda bir tugma bilan qo'lda tasdiqlaysiz.
Telegram akkauntni ulash xavfsizmi?
Faqat bank botlaridan kelgan kirim xabarlari o'qiladi, boshqa yozishmalar hisobga olinmaydi. Ulanishni istalgan vaqtda bir tugma bilan uzasiz. To'lov xabarlari uchun alohida raqam ishlatishni tavsiya qilamiz.
Saytim yo'q, Telegram botim bor — ishlaydimi?
Ha. API istalgan dasturlash tilidan ishlaydi: botingiz to'lov yaratadi, mijozga to'lov sahifasi havolasini yuboradi, tasdiq webhook orqali keladi.
Narxi qancha va komissiya bormi?
Tranzaksiyadan foiz olinmaydi — faqat oylik obuna, 24 900 so'mdan. Yangi akkauntlarga 3 kun bepul.